TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

Universitet olimasi izlanishlari haqida

Mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarining to‘laqonli ta’minlanishi borasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida ilm-fan yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchi ayollar uchun ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida ham bu borada ulkan ijobiy ishlar tashkil etilmoqda, nozik hilqat vakilalarining ilm-fan rivoji yo‘lidagi samarali mehnatlari qadr topib, e’tirof etilib borilmoqda.

“O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi” ilmiy-ommabop jurnalining joriy yildagi 3-sonida jurnal muhbiri Dono Marasulova tomonidan universitetimizda samarali faoliyat olib borayotgan olima, “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi dotsenti Nodira Nuraliyeva bilan “Dehqon uchun elektr traktorlar” sarlavhasi ostida suhbat e’lon qilindi. Quyida ushbu maqolani o‘qishingiz mumkin.