TIQXMMI yangiliklari

img
28.06.2024

Universitet moddiy texnika bazasi kengaymoqda

Universitetning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasida “Gazel” avtomobili bazasida yuqori aniqlikdagi raqamli laboratoriya uskunalari bilan jixozlangan “Melioratsiya mobil laboratoriyasi” tashkil etildi. 

“Melioratsiya mobil laboratoriyasi” da quyidagi tadqiqotlarni amalga oshirish mumkin:

  • sug‘oriladigan dala tuprog‘ining suv-fizik xossalari - xajmiy og‘irligi, suv o‘tkazuvchanligi, nam sig‘imlarini aniqlash;
  • tuproqning sho‘rlanish darajasini aniqlash;
  • tuproqning qatlamlari bo‘yicha temperaturasi, namligi va pH ko‘rsatkichlarini aniqlash;
  • tuproqning unumdorligini (NPK) aniqlash;
  • sug‘orish tarmoqlari va sug‘oriladigan yerlarning nishabligini aniqlash;
  • suv resurslarining asosiy ko‘rsatkichlari (tezligi, sarfi, mineralizatsiyasi va loyqaligi) ni aniqlash;
  • ekinlarning sug‘orish muddatlarini belgilash;
  • ekinlarni sug‘orish me’yorlarini aniqlash;
  • yer osti suvlari satxi va mineralizatsiyasini aniqlash maqsadida kuzatuv quduqlarini o‘rnatish;
  • kuzatuv quduqlari va suv ob’ektlarining sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanib, elektron xaritalar va sug‘oriladigan yerlarni  tekislash (planirovka qilish) uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish va b.

Ushbu mobil laboratoriyadan ilmiy tadqiqot ishlari va  o‘quv jarayonida foydalanish bilan birgalikda kelgusida suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi ekinlarining xosildorligini oshirish maqsadida agroklasterlar, fermer va tomorqa xo‘jaliklariga joylarga chiqib, xizmat ko‘rsatish xam rejalashtirilgan.