TIQXMMI yangiliklari

img
08.09.2023

Universitet bo‘ylab ekskursiya

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” haftaligi davomida rejalashtirilgan bir qancha tadbirlar tashkil etilmoqda .

 

Jumladan, 2023 - yil 7 - sentabrda “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Axmedjanova  rahbarligida biriktirilgan 1-kurs talabalari bilan birgalikda Universitetning o‘quv binolari, maʼruza zallari, Axborot resurs markazi, Hemis bo‘limi, Buxgalteriya bo‘limi, o‘quv laboratoriya xonalari bilan tanishtirildi, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. 

Talabalar uchun rejalashtirilgan bu ekskursiya ularga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

 “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori 

G.Z.Axmedjanova axboroti   

Universitet matbuot xizmati