TIQXMMI yangiliklari

img
25.09.2023

Ulug’shoirni yod etib

2023 - yilning 22 - sentabr kuni Gidromelioratsiya fakultetining  1-kurs 52 nafar talabasi hamda fakultet dekan o’rinbosarlari, tyutorlari va professor-o’qituvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi.

Xiyobondagi universitetga biriktirilgan “Abdulla Oripov” haykali atrofiga yig’ilgan jamoaga fakultet dekan o’rinbosari fakultetning “Fizika va kimyo” kafedrasi dotsenti Ahmedov Abduxakim Mirhalilovichni hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Yozuvchilar uyushmasi-o’quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo’limi boshlig’I, Sog’lom avlod uchun ordeni sohibasi Zohidova Ma’mura Nasrullayevnani tanishtirdi va so’zni unga berdi.

Zohidova Ma’mura Nasrullayevna o’z so’zida “Abdulla Oripov” bosib o’tgan hayot yo’liga to’xtalib, u kishi uchun atab yozgan she’rlaridan talabalarga o’qib eshittirdi.

Bundan so’ng navbat dotsent Ahmedov Abduxakim Mirhalilovichga berildi. U kishi “Abdulla Oripov” she’rlariga bastalangan kuy va qo’shiqlarni aytib yig’ilganlarni xushnud ayladi.

Universitet matbuot xizmati