TIQXMMI yangiliklari

img
20.09.2023

   Ulug‘ shoirni yod etib

 Joriy yilning 20 sentabr kuni "Gitrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X. Saidova boshchiligida fakultetning faol, iqtidorli talabalari O‘zbekiston qahramoni, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni xotirlash maqsadida "Adiblar xiyoboni" dagi shoirning haykali poyida katta tadbir uyushtirildi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, yoshlar ijodkorlar bilan ishlash bo‘limining xodimlari Alisher Toyirov, Niyatillo Elbek o‘g‘li va Masihulloh Madamenovlar ishtirok etishdi. Ular shoir ijodi haqida talabalarga gapirib, o‘z ijodi namunalaridan o‘qidi. Bundan ilhomlangan talabalar shoirning she'rlaridan namunalar va bastalangan ashulalarni jonli ovozda ijro qilishdi.

  

      "GTQ" tyutori X.Saidova axboroti

           Universitet matbuot xizmati