TIQXMMI yangiliklari

img
07.11.2023

Ulug’ shoirni xotirlab

Joriy yilning 6 - noyabr kuni  "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D. Xursandova boshchiligida fakultetning faol, iqtidorli talabalari O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripovni xotirlash maqsadida “Adiblar хiyoboni”da tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi  a’zolari Niyatillo Elbek o’g’li, Masihulloh Madaminovlar ishtirok etdilar. Ular shoir ijodi haqidagi qiziqarli voqealardan so‘zlashib, o‘z ijodlari namunalaridan o‘qib berishdi.

Fakultetda tahsil olayotgan adabiyot ixlosmandlari, she'riyatga oshno talabalarida bugungi kunda o'zbek millatining asl qahramoni, vatan kuychisi, mamlakat madhiyasining muallifi A.Oripov siymosini xotirlash an'anaga aylangan.  Bu kabi tadbirlardan ilhomlangan talaba yoshlarda Vatanparvarlik, adibimiz kabi buyuk inson bo‘lish, Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishga bo‘lgan his-tuyg‘ular shakllanib borayotgani juda ham quvonarli holat. Biz pedagoglar ham yosh avlodning ongida yuksak insoniy fazilatlarni kamol topishiga hissa qo‘shayotganimizdan bag‘oyatda mamnunmiz.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati