TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2023

Uchrashuvning hikmati

Ulug‘ shoirlardan biri Maxtumqulining ta’lim bergan "Ustozingdan ayrilma" degan she’ri bor, Ustoz qay darajada e’zozli bo‘lsa, ta’lim olgan dargoh ham shu darajada ahamiyatlidir. 2023 yil 27 may kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakultetini 1983 yil tamomlagan sobiq bitiruvchilar universitetga tashrif buyurishdi.

Universitetning muhtasham Madaniyat saroyida Xalqaro xamkorlik bo‘yicha prorektor A.T.Saloxiddinov sobiq bitiruvchilar bilan uchrashdi. Ular xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov muzeyini, ikkinchi qavatdagi universitet maketini, hududini hamda talabalar turar joylarini tomosha qilishdi.

Universitet rektori, professor B.Mirzaevga o‘zlarining esdalik sovg‘alarini topshirishdi. Sobiq bitiruvchilarning kursdoshlari sifatida B.Hasanov va L.X.Irmuxammedovalarning ham o‘rni bo‘lakcha bo‘ldi. Talabalik davrlarini eslash, o‘sha palladagi hissiyotlarni, xotirotlarini tiklash ham zavqli va shavqlidir.

          Universitet matbuot xizmati