TIQXMMI yangiliklari

img
08.06.2024

Tyutorlar faoliyati hisoboti avj pallada     

         Joriy yilning 3-iyun sanasidan jadval asosida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti ma'naviyat bo'limida universitet tyutorlarining 2023-2024-o'quv yili davomida olib borgan faoliyatlari, yil davomida o'tkazgan tadbirlari qay darajada natija berganligini aniqlash maqsadida hisobot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tyutorlar yil davomida olib borgan faoliyatlari bo‘yicha to‘liq hisobot bermoqdalar. O‘tkazilayotgan tadbirda barcha tyutorlar yil davomida olib borgan faoliyatlarini slayd shaklida tayyorlab, himoya qilishmoqda. Bugun tadbirning so‘nggi kuni. Barcha tyutorlarning hayajonlarini yaqqol sezish mumkin. Ular bu hisobotda o‘z faoliyatlarini va talabalarning ma'naviy dunyosiga etarlicha ijobiy ta'sir o‘tkaza olishganini himoya qilish hamda universitetda o‘z o‘rnilarini topish, ular ham talaba yoshlarning ma'naviy yuksalishlarida e'tiborga molik ta'sir o‘tkaza olishganini isbotlashni o‘z oldilariga maqsad qilishgan. 

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti
Universitet matbuot  xizmati