TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2023

Tyutor va таlabalar kitob таqdimotida

Talabalarni kitobga qiziqtirish, ularni nafaqat kitob o’qishga balki kitoblar yozishga bo’lgan qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X. Ro’zmetov fakultetning 1-bosqich talabalari bilan birga Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi.

Uyushmada 100 ga yaqin adabiyotshunoslar, jurnalistlar, shoir va yozuvchilar ishtirokida Temur To’raboyevning "Teoremada turkona taronalar" romani taqdimoti bo'lib o'tdi. Hayratlanarlisi, bu roman muqaddimadan to xotimagacha faqat “T” harflaridan boshlanuvchi so'zlardan tashkil topgan. Taqdimotda so’zga chiqqan adabiyotshunoslar bu romanni “O'zbek tiliga qo’yilgan haykal” deya ta’riflashdi.

Taqdimotdan so’ng tyutor va talabalar "Adiblar xiyoboni"ga ham tashrif buyurdilar. X.Ro’zmetov talaba yoshlarga universitet ijodkor yoshlarining “Ilhom buloqlari” kitobiga ijod namunalarini taqdim qilish, nazm va nasrda ijod qilish borasidagi tavsiyalarini ham berib o'tdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X. Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati