TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

“Turonbank o‘quv xonasida seminar”

2024 yil 18 may kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turonbank” o‘quv xonasida fakultet iqtidorli talaba yoshlari va xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarda “Turonbank” ATB Monitoring nazorat departamenti direktori o‘rinbosari Uyg‘un Utanov tomonidan “Bank faoliyatida kredit axboroti almashinuvining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi tomonidan hozirgi kunda Turonbank tizimida kredit axboroti haqida, kredit axborot almashinuvi mohiyati, kredit axborot sub’ekti mohiyati, kredit axborotidan foydalanuvchilar, kredit axborotini etkazib beruvchi to‘g‘risida, kredit bitimlari, kredit byurosi, O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi kredit byurolari faoliyati va tarixi, kredit ma’lumotlarni etkazib beruvchilar faoliyati hamda kredit tarixi hisoboti mazmuni bilan tanishtirish to‘g‘risida  atroflicha ma’lumotlar taqdim etdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

  Universitet matbuot xizmati