TIQXMMI yangiliklari

img
30.11.2023

“Turon” bo‘ldi mehmonimiz

Ulug‘ donishmandlardan biri “Urush va tinchlik sharoitida ham g‘alabaning garovi, yutuqlarning kafolati yakka shaxsga bog‘liq emas, balki jamoaning jamligi, bardamligi, ildamligi va o‘zaro birdamligiga bog‘liq,”- degan edi. Xuddi shunga bog‘liq holda aytish joizki, sport musobaqalarida ham trenerning aql-idrokidan tashqari jamoadagi o‘zaro birini tushunish va qo‘llash muvaffaqiyatlarni ta’minlaydi.

Kecha universitetimizning sport maydonchasida “IRRIGATOR” terma jamoamiz bilan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining “TURON” terma jamoalari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yakdillik va do‘stlikning g‘alabasi sifatida jamoalari o‘zaro musobaqaga kirishdi. O‘yin 4-2 hisobi bilan universitetimiz jamoasi g‘olib kelgan bo‘lsada, biz do‘stlik g‘alaba qozondi deb hisoblaymiz.

Universitet matbuot xizmati