TIQXMMI yangiliklari

img
09.04.2024

TTJga rektor tashrifi

Universitetimizning “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov hamda “QALQON”jamoatchilik guruhi sardori A.U.Azimov boshchiligida fakultetimiz faol, sportchi, ijodkor talablari bilan birgalikda 1-Talabalar turar joyida "Milliy liboslar kuni"ga bag‘ishlangan maʼnaviy-marifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida universitetimizning rektori B.S.Mirzayevning talabalar turar joylaridagi tashrifi davomida talabalarimizning taklif va istaklarini qo‘llab quvvatlash hamda sport musobaqalarini talabalar turar joylari miqyosida o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha rektor ko’rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Shaxmat-shashka”, "Arqon tortish" va "Tosh ko‘tarish" kabi musobaqalar o‘tkazildi.

Bu bosqichda yuqori natijalarni egallagan sportchi talabalarimiz universitet miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi. Tadbir so‘ngida talabalar va universitet o‘qituvchilari uchun iftorlik dasturxoni yozildi va barcha tadbir qatnashchilari bir dasturxonda jam bo’ldilar.

Eslatma o‘rnida aytish joizki, har oyning so‘nggi shanbasida universitetimiz rektorining Talabalar turar joyiga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif davomida talabalar takliflari tinglanib mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.

            Universitet matbuot xizmati