TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2024

TTJ talabalari bilan

2024 - yil 9-mart kuni “Ekologiya va huquq fakulteti” Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova, va “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti H.Botirovalar tomonidan 2-TTJ talaba-qizlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mazali taomlarini  tayyorlashni o‘rganish  pazandachilik qiz bolalar uchun juda ham kerak ekanligi bo‘yicha suhbat tashkil etildi.

Shu bilan birga TTJda  istiqomat qilayotgan talaba-qizlarni yashash sharoiti, oshxona, gigiyena xonalari va umumiy foydalanish xonalarining tozaligi bo‘yicha nazorat ishlari tashkil etildi. Nazorat davomida tozalikka amal qilmayotgan talabalar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borildi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti

Universitet matbuot xizmati