TIQXMMI yangiliklari

img
23.02.2024

Tozalik kuni

Joriy yilning 22 fevral kuni «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandovalar boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan uchrashuv bo‘ldi. Qizlarning xonalari tozaligi va shaxsiy gigienaga rioya qilishlarini nazorat qilib o‘tishdi. Talaba qizlarga bo’sh vaqtlarida kitob o‘qishni tavsiya etishib, kitob o’qigan inson ma'naviy barkamol shaxsga aylanib borishi va bu kelajakda farzand tarbiyasida ham juda qo‘l kelishi, uy-ro‘zg‘or tutishda zarur bo‘ladigan tikish-bichish, biserlardan kiyimlarga ishlov berish, suvenirlar yasash kabilarni ham o‘zlashtirish foydadan xoli bo‘lmasligi, bundan tashqari oila byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirishi haqida so‘z yuritishdi. Mavzu yig‘ilish ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otgani bois qizg‘in davra suhbatiga aylanib ketdi. Qizlar o‘tkazilgan yig‘ilishdan o‘zlari uchun manfaatli bo‘lgan ma'lumot va tavsiyalarga ega bo'lishdi.  

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar  axboroti 

Universitet matbuot xizmati