TIQXMMI yangiliklari

img
31.10.2023

Topqir, tezkor, talantli, tezfahm talabalar tanlovi

Kecha "Yoshlar ijod uyi"da universitetimizning barcha fakultetlarining iqtidorli, qobiliyatli yoshlari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqaviy dasturining fakultetlararo saralash bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda "Yuristlar", "Iqtisodchi", "Tavakkal", "Yengil", "Noiloj", "Sarmoyachi", “Texnogen”  jamoalari faol qatnashib o’z iste’dodlarini namoyish etishdi.

Ushbu jamoalar 3ta shart bo‘yicha o’zaro musobaqaga kirishdilar. Tadbirda prorektor Ro’zimurat Kungratovich Choriyev boshchiligida fakultet dekanlari va dekan o'rinbosarlari hamda bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi. Musobaqa jarayonida talabalarning topqirligi, so‘zamolligi va hozirjavobligi sinovdan o‘tkazildi.

Har bir ishtirokchi o‘z fakulteti shanini himoya etish bilan alohida ajralib turdi. Hakamlar hay’ati ularni sinchkovlik bilan kuzatib xolisona va odilona baholashdi. Natijaga ko’ra “Iqtisodchi” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Bularning ichidan oliy o‘quv yurtlari bilan bellasha oladigan Targ‘ibot terma jamoamizni shakllantirish ko'zda tutilgan.

Universitetda talimiy jarayon bilan birgalika qiziqarli, musobaqaviy dasturlar ham talabalarning vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim ro‘l o‘ynashi aniq.

Universitet matbuot  xizmati