TIQXMMI yangiliklari

img
27.09.2023

To'maris avlodi vakilalari

Joriy yilning 26 sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan  2 –Talabalar turar joyida Ekologiya va huquq, Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash  fakulteti 1- kurs talaba yoshlari hamda 2 – Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi T.Xudoyberdivalar “To'maris, Kumushbibilarga xos avlod vakilalari bo'lamiz!!!” shiori ostida talaba qizlarga ruhiy motivatsiya berish, yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish, talaba qizlarda hamjihatlilik, oqibatlilik , mehr muruvatlilik xususiyatlarini yanada kuchaytirish, talabalar turar joyi ichki tartib qoidalariga amal qilish qonun qoidalari bilan tanishtirish, qiz bolalarga xos ibo hayo, g'urur, or-nomus xususiyatlarini shakllantirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbir tashkil etildi.  Bu galgi uyushtirilgan tadbir o'zgacha yondashuv bilan olib borildi. Barcha yig'ilish ishtirokchilari tadbirda faol qatnashishdi. Keying tadbir mavzusi talaba qizlar taklifiga muvofiq uyushtirishga kelishib olindi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati