TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

“TJAB” kafredrasida ustoz-shogirt 2.0: Technoways texnologiyalar marafoniga tayyorgarlik yo’lida

“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi PhD, katta o’qituvchisi Ozodov Ezoz rahbarlik qilayotga talabalar jamoasi tomonidan erishilgan natijalarni taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotlar ularning ilmiy faoliyati va ular qiziqgan soha bo’yicha yaratgan ishlanmalarining muhokamasini amalga oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Hozirda talabalar masofadan monitoring qilish, ko’p parametrik boshqaruv tizimlarini qo’llash va ta’lim jarayonini nazorat qilish dasturlarini yaratish kabi sohalarda faoliyat olib bormoqdalar.

Talabalar jamosi hozirda universitetmizda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan texnologiyalar marafonida “Technoway”da ishtirok etishga tayyorgarlik ko’rmoqdalar.