TIQXMMI yangiliklari

img
30.06.2023

"TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Bahodir Mirzayevning universitet yoshlariga tabrigi

Universitetimizning aziz yoshlari! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etaman.

Bugungi bayram kunida barchamizning umid va ishonchimiz bo‘lgan Siz, aziz yoshlarning erishgan yutuqlaringiz bilan birga yangi vazifalar, ishlab chiqarishda yechimini kutib turgan ko‘plab muammolarni bartaraf etishga astoydil kirishasizlar va yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib, sodiq farzand bo‘lasizlar degan umiddaman.

Sizlarga faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: 

ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro‘yobga chiqarish yo‘lida hormang, charchamang deb o‘lkan muvaffaqiyatlar tilayman.

O‘qish-o‘rganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot cho‘qqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bo‘lsin.

Men sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O‘zbekistonimiz va Prezidentimizga munosib sodiq farzand, haqiqiy inson bo‘lish baxti nasib etishini chin yurakdan tilayman.

Sizlarni bugungi yutuqlaringiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi zafarlar, baxt va omad yor bo‘lsin. 

Bahodir Mirzayev
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori