TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Mirzayev Baxodir Suyunovich boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog’iston respublikasi Vazirlar kengashining raisi Ermanov bilan uchrashdi

Mintaqada suv xo’jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, ariq va kanallarni betonlashda yosh oliimlarni jalb etish bo’yicha Qoraqalpog’iston respublikasida bo’lgan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Mirzayev Baxodir Suyunovich boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi  Amanbay Orinbayev va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashining raisi Ermanov Farhod Urazbayevich bilan uchrashdi.

Uchrashuv mobaynida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzayev Qoraqalpog’iston respublikasining suv xo’jaligidagi soha mutaxassislarni malakasini oshirish, universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish, suv yo’qotishlarini kamaytirish, sho’r yuvishning innovatsion usullarini qo’llash va shu yo’nalishidagi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o’qituvchilar intensive kurslar tashkil etishi bo’yicha takliflar berib o’tildi.