TIQXMMI yangiliklari

img
22.01.2024

"TIQXMMI" Milly tadqiqot universitetida manaviyat kengashi yigilishi bo'lib o'tdi

2024 yilning 20 yanvar kuni universitet B o’quv binosi yig’lishlar zalida ma’naviy ma’rifiy soha xodimlari uchun “Ma’naviyat kengashi”ning yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig’ilishda  Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar bo‘yicha prorektor,Rektor maslahatchisi, bo’limi boshlig’i va uslubchilari, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Kasaba uyushmasi raisi, Matbuot kotibi, Yoshlar ittifoqi faollari, Psixolog, Madaniyat saroyi direktori, fakultetlar dekan o’rinbosarlari,  tyutorlar, Qalqon guruhi a’zolari, TTJ direktori, Tarbiyachi-pedagoglar, TTJ bino boshliqlari va mas'ullari ishtirok etdi.


Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda bugungi kunda soha mas’ullari tomonidan olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi tahlil qilindi, yo‘l qo‘yilayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan atroflicha fikrlashildi. 2024 yilda har bir tuzilmaning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan reja va istiqboldagi amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha kelishib olindi.