TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2024

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetiga Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Jamanbayev Musa Murataliyevich tashrif buyurdi

Uchrashuv davomida universitet rektori Bahodir Mirzayev universitetning ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi. universitetning ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev Markaziy Osiyo mintaqasi, qolaversa O‘zbekiston hududida iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, energetika va suv xo‘jaligi sohasi jadallik bilan rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, suv resurslarini boshqarishda o‘ziga xoslik mintaqaviy birdamlik, hamkorlik masalalarni yechib borish muhimligiga to‘xtaldi. 

O‘zbek-Qirg‘iz oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar, doktorantlar, hamda professor-o‘qituvchilarning almashinuvi, xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish takliflari ko‘rib chiqildi. Tashrif davomida universitet o‘quv jarayoni va laboratoriyalar bilan tanishtirildi.

Favqulodda va muxtor elchi Musa Jamanbayev May oyida universitetimiz rektorini Qirg‘iz Respublikasi milliy agrar universitetiga tashrif buyurishga chaqirdi. Shuningdek, ushbu universitetda o‘quv-ilmiy poligonida 5 gektar hududga tajriba uchastkasini yaratishni taklif etdi.

“Men elchi sifatida hamkorligimizni oshirish va aniq natijalarga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarimni ishga solishga tayyorman” - deb ta’kidladi Qirg‘iz Respublikasi elchisi Musa Jamanbayev