TIQXMMI yangiliklari

img
15.03.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Avstriyaning O‘zbekistondagi elchisi Matthias Radosztics tashrif buyurdi

Uchrashuv davomida ikki tomonlama mavjud xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Avstriya-O‘zbekiston mamlakatlari hamkorligi doirasida Oliy ta’lim muassasalariaro tajriba almashish, ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liq hamkorlik bo‘yicha fikr almashishdi. Tashrif davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Avstriyaning Felder kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yog‘ochga ishlov berish innovatsion markaz” da bo‘ldilar.

Avstriya elchisi Matthias Radosztics O‘zbekiston va Avstriya hamkorlik imkoniyatlari haqida o‘zining ijobiy fikrlarini bildirib, Venna shahrida joylashgan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan universtetlar bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha o‘zining alohida taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, Avstriyadagi bir necha xalqaro korxonalari bilan universitet talabalari amaliyotini yo‘lga quyish bo‘yicha kelishuvga erishildi.