E'lonlar

21.02.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XXIII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XXIII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda.

AXBOROT XATI bu yerda аnjumanning asosiy maqsadi:

Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash borasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama etish va ommalashtirishdan iborat.

Anjumanda ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tib o'z ilmiy maqolalarini jo'natishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o'tish https://forms.gle/QJLLcqCZR6BA76aA8

 Maqolalar 2024-yil 15-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha maʼlumotlarni “Iqtidorli talabalar bo‘limi”ning https://t.me/TIQXMMI_IQTIDOR telegram manzili yoki quyidagi 93-575-73-53 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.