TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida IT sohasini rivojlantirish maqsadida, talabalar uchun maxsus grant e’lon qilingan edi.

Universitet rektori professor Bahodir Mirzayev dasturlash va axborot texnologiyalariga qiziquvchi talabalar uchun 60 million so‘mlik grant ajratilgan tanlovda ishtirok etgan jami 152 nafar talabalardan 10 nafari g‘olib bo‘lib, 6 million so‘mdan “ICT Academy” o‘quv markazida  “Python” dasturini o‘rganish bo‘yicha 6 oylik o‘quv kursida bepul ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan talabalarga mukofotni topshirdilar.