TIQXMMI yangiliklari

img
22.08.2023

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida doktorant va yosh olimlar uchun 2-Xalqaro yozgi maktab o‘tkazilmoqda

Yozgi maktab “TIIAME” National Research University, “NEXUS GIANS”, “ICARDA”, “IFPR”, “ZALF”, “IWMI” va “Alliance Bioversity&CIAT” kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Xalqaro yozgi maktab doirasida AQSH, Ekvador, Germaniya, Hindiston,  Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan 80 dan ortiq yosh olimlar ishtirok etmoqda. "Sug‘orma dehqonchilik uchun suv–energiya–oziq-ovqat–atrof-muhit xavfsizligi barqarorligini baholash: O‘rta Osiyo bo‘yicha fanlararo yondashuvlar” mavzusidagi muammolarga qaratilgan bo‘lib, yosh olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy tavsiyalar va xulosalar ishlab chiqildi.