TIQXMMI yangiliklari

img
13.11.2023

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Ummon davlatidagi OTM bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda

Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o'tkazilgan "QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023" tadbiri davomida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi hamda Ummon qirolligining eng qadimiy ta'lim muassasasi hisoblangan Biznes va fan zamonaviy universiteti (Modern College of business and science) ijroiya raisi o'rinbosari Aisha Al Harusi xonim o'rtasida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida iqtisodiyot, marketing va biznes sohasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek, hamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida o'zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.