TIQXMMI yangiliklari

img
13.07.2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Bahodir Mirzayev AQSHning Arizona Shtati Universiteti CINTANA Education Prezidenti Rick Shangraw rahbarligida delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv mobaynida AQSHning Arizona universiteti va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilar almashinuvi va AQSH hukumati tomonidan ajratiladigan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokama qilindi. Suv xo‘jaligi, Atrof muhit muhofazasi, Muxandislik texnologiyalari, Sunʼiy intellektlar qo‘llash, Aqlli qishloq xo‘jaligi, oziq ovqat xavfsizligi kabi masalalarda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Shuningdek, Arizona Shtati Universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari kelishuviga erishildi.