TIQXMMI yangiliklari

img
31.03.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovichning talabalar turar joyida muloqot qilish uchrashuvi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati 2024-yilning 30-martidan 31-martiga o‘tar kechasi Universitet   2-TTJda yashayotgan ijtimoiy ahvoli og‘ir  bo‘lgan talabalarning har biri bilan individual suhbatlashib ularga moddiy yordam ko‘rsatish, qo‘shimcha kurslarga qatnashish, ingliz tilini o‘rganish, tibbiy muolajaga ehtiyoji mavjud bo‘lgan talabalar va dori darmon xarid qilishlari uchun universitetning byudjetidan tashqari mablag‘i hisobidan 25,3 mln so‘m moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, ijtimoiy ahvoli og‘ir va xorijiy tilni o‘rganishga qiziqishi yuqori bo‘lgan 2 nafar talaba qizga USCHOOL MCHJ da til o‘rganish kursida o‘qish uchun rektor granti tavsiya etildi. 2024-yilning aprel oyida TTJlar o‘rtasida shaxmat musobaqasini o‘tkazish rejalashtirildi.

Eslatma: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich har oyning so‘ngi shanbasidan yakshanbaga o‘tar kechasi talabalar turar joyida bo‘lishi va ular bilan muloqot qilish uchrashuvi belgilangan.