TIQXMMI yangiliklari

img
31.12.2023

"TIQXMMI" MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI REKTORI MIRZAYEV BAHODIR SUYUNOVICH YANGI YIL TABRIGI

      Xalqimiz azaldan yangilik, yaxshilik degan tushunchalarni muqaddas tutadi va shunga intilib yashaydi. Yangi yil ham xuddi shunga monand ezgulikka yo‘g‘rilgan orzu-umid, tilak va istaklar bilan go‘zaldir. O'tayotgan 2023-yil mamlakatimiz miqyosida, jumladan universitetimiz hayotida ulkan yutuq va zafarlarga boy bo'ldi. Davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi va qat'iy pozitsiyasi sabab dunyo mamlakatlarining tobora taraqqiy etayotgan mamlakatimizga, jahon ahlining, rivojlangan davlatlarning e'tibori, ishonchi yanada kuchaydi.

      Yangi hayot yangicha g‘oyalar bilan  yashayotgan xalqimiz Yangi O'zbekistonda inson qadri muqaddas va el aziz ekanligini yana bir karra his etdi. Ayni damda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yilida Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-moliyaviy, ma'naviy va ma'rifiy jabhada erishilgan yutuqlarimiz tahsinga sazovordir. 

     Universititetimiz hayotidagi milliy reytingda birinchi o'rinni qayta qayd etib saqlab qolganimiz va dunyo universitetlari xalqaro reytingida e'tiborga molik o‘rinlarni egallaganimiz - jamoamizning yakdilligi, ilm-fan va ta'limiy jarayoniga e'tibori va mas'ulligi yuqori bo‘lganligining kafolatidir. Bu esa Prezidentimiznig "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlshak vatanmiz" degan purma'no o‘gitlarining mantiqiy davomi va  da'vatlarining nishonasidir.

       Fursatdan  foydalanib siz azizlarni yangi 2024-yil bilan samimiy tabriklayman.

Oilangizga rizqu ro‘z, sihat salomatlik, qut - baraka va baxtu omad tilayman.  

Jamoamizning yanada ulkan muvaffaqiyatlar quchib, yangidan yangi yutuqlarga erishishidagi g‘ayrat-shijoatingiz va ilmiy salohiyatingiz, pedagogik faoliyatingiz aslo sunmasin, anada rivojlanib borsin va mehnatlaringizni juda yuqori qadrlaymiz.

Doimo sog‘ salomat bo‘lingizlar.

MIRZAYEV BAHODIR SUYUNOVICH

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor