TIQXMMI yangiliklari

img
11.07.2024

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev "Saken Seifullin" medali bilan taqdirlandi

Bugun universitetda  "Saken Seifullin nomidagi Qozoq agrotexnik tadqiqot universiteti" rektori, akademik Tireuov Kanat Maratovich mehmon bo‘ldi. Mehmon bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ta’lim muassasalari o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlikdagi tadqiqot ishlari, ta’lim tizimi, universitetning xalqaro reytingdagi o‘rni haqida so‘z bordi. Shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar almashinuvi ko‘rsatkichlarini oshirish, Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilayotgan innovatsion loyihalarga yoshlarni jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida, Kanat Tireuov universitet jamoasini so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari bilan qutlab, «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzaev Bahodir Suyunovichni "Saken Seifullin" nomidagi medal bilan taqdirladi.