TIQXMMI yangiliklari

img
24.07.2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS Xalqaro reyting agentligi tomonidan 4 yulduzli universitet sifatida tan olindi

Dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan bu yilgi QS Stars audit baholash reytingi natijalariga ko’ra, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti dunyoning TOP Universitetlari ro’yxatida 1000 ballik baholash shkalasida 689 ball to’plab, 4 yulduzli Universitet maqomi berildi.

QS Stars bu xalqaro reyting tizimi boʻlib, ta’lim muassasasini batafsil koʻrib chiqish imkonini beradi. Jumlada, mazkur reyting dunyo universitetlarini ta’lim muhiti, xalqarolashuv, ilmiy tadqiqot va innovatsiya, akademik rivojlanish, o‘qitish, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘quv dasturlari salohiyati, onlayn ta’lim, alohida sohalar bo’yicha reyting, universitetdagi yaratilgan qulayliklar, san’at va madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat va inklyuzivlik bo’yicha baholaydi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining QS Stars xalqaro reyting tizimi alohida yoʻnalishlari boʻyicha qo’lga kiritgan natijalari quyidagicha:

Eslatib o’tamiz, “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti QS Xalqaro Reyting Agentligining 2023 yilda e’lon qilingan QS World University Ranking by subjects да 3 tа fan sohasi Мuhandislik va Texnologiyalar, tabiiy Fanlar hamda Аtrof muhit мuhofazasi bo’yicha dunyoning ТОP-500 talik universitetlari ro'yhatida e’tirof etilgan edi hamda Osiyo va tinch okean mintaqasi universitetlari reytingida TOP-301 o’rinda, Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha 14-o’rinda va O’zbekiston bo’yicha 1-o’rinda qayd etilgan edi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti

Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo’limi ma’lumoti