E'lonlar

10.01.2024

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti doktorant, magistr va talabalari DIQQATIGA! 

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti doktorant, magistr va talabalari DIQQATIGA! 

 Universitetda “TechnoWays”  texnologik rivojlanish marafoni o‘tkazilayotganligini e'lon qilamiz!

 Marafonda kimlar ishtirok etadi? Universitetning doktorant, magistr va talabalari ishtirok etishlari mumkin. 

Marafon ishtirokchilariga quyidagi mavzular boʻyicha seminar-treninglar oʻtiladi:

Ilmiy unvon va ilmiy darajalar toʻgʻrisida maʻlumot va ularni olish tartiblari;
Ilmiy va innovatsion loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari;
Startap loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari;
Loyihalarni xarajatlar smetasini shakllantirish tartiblari; 
“Boʻlajak olim” tanlovi va “Akademik harakatchanlik” dasturi va nizomlari.

Seminar-treninglar yakunida ishtirokchilarga, oʻz loyihalarini shakllantirish, mavjudlarini yanada rivojlantirish va loyiha hujjatlarini shakllantirishlari uchun ma'lum vaqt beriladi. Mazkur vaqt mobaynida ishtirokchilar oʻz loyihalarini rivojlantirish ustida ishlaydilar, loyihalarga qoʻshimcha yangiliklar va funksiyalar kiritadilar hamda berilgan namunalarga muvofiq oʻz loyihalarining hujjatlarini shakllantiradilar.

Marafon yakunida eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb hisoblanadi va ularga loyihalarini amalga oshirishlari uchun universitet tomonidan moddiy mablag‘lar ajratiladi.

“TechnoWays”  texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etish uchun 17-yanvarga qadar quyidagi link (https://forms.gle/y5Zcmr3PKD9LC4XZA) orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish 17-yanvargacha (shu kuni ham qabul qilinadi)  https://forms.gle/y5Zcmr3PKD9LC4XZA

“TechnoWays”  texnologik rivojlanish marafonida ishtirok eting va o‘z ilmiy-innovatsion faoliyatingizni rivojlantiring!

Qo‘shimcha ma'lumotlarni https://t.me/TIQXMMI_IQTIDOR telegram manzili orqali olishingiz mumkin.