TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2023

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Kuala Lumpur shahri valiahd shahzodasi Tunku Ali Redhauddin bilan uchrashdi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o’tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti ko'rgazmasiga Kuala Lumpur shahri valiahd  shahzodasi Tunku Ali Redhauddin  tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti haqida qisqacha ma'lumot berilib, valiahd  shahzodaga universitet rahbariyati nomidan esdalik sovg'asi topshirildi.