TIQXMMI yangiliklari

img
08.11.2023

"TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universiteti 4 yulduzli universitet guvohnomasini rasman qabul qilib oldi

         "TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” da faol ishtirok etmoqda. 2023-yil 7-noyabr kuni bo’lib o’tgan “QS Stars” rasmiy taqdirlash tadbirida universitetga tantanali ravishda 4 yulduzli universitet maqomini beruvchi guvonoma rasman topshirildi.Tadbirda “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan Universitetimiz “QS Stars”dagi yuqori ko’rsatgichlari, jumladan  o’qitish, ish bilan ta’minlash, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va inkluziv ta’lim bo’yicha 5 yulduzli ko’rsatkichni qayd etganligi alohida e'tirof etildi. Guvohnomani QSning  tahlil va baholash bo’yicha direktori Leigh Kamolins "TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universiteti  Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo’limi boshlig’i Ilxom Abduraxmanovga rasman topshirdi.