TIQXMMI yangiliklari

img
04.03.2024

Teatrda "ko‘ngil" taassurotlari

Muhtaram Prezidentmizning tashabusi va tavsiyasi bilan har oyda bir bora teatrga borish Universitetimiz jamoasi uchun an'anaga aylandi. Bahorni ilk kunlarida va 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamoamizdagi ayollarni Teatrga tashrifi rektorat tomonidan tashkil etildi. Inson qalbi ko'ngil degan tushunchadan oziq oladi. Ko'tarinki kayfiyat va mahzun holatning almashinib turishi ham  ham ko'ngilga bog'liq. Teatr kayfiyatni kotaruvchi ibratxona ekanini idrok etgan va bilgan holda biz bir guruh jamoamizdagi ayol xotin - qizlar bilan birgalikda O'zbekiston milliy akademik drama teatriga bordik. U yerda "Ko'ngil" nomli spektaklni tomosha qildik. Aytish mumkinki, jamoamiz ayollarining ko'ngil zavqi va yayrashini spektakl davomida yumoristik yo‘sindagi hajviy sahnalarni almashinib turishidan  dillar orom oldi. Universitet prorektori Ruzimurat Choriyev teatrga tashrifni doim uyushtirib turilishi jamoaning ish unumi va ruhiyatining yuqori bo‘lishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tdi.

Universiteti matbuot xizmati