TIQXMMI yangiliklari

img
27.03.2024

Teatr- tarbiya va ma’naviyat maskani.

Teatr har bir millatning, har bir yurtning, qolaversa har bir davlatning ma’naviy ko‘zgusi sanaladi. Davr ruhiyati, undagi ulkan o‘zgarishlar samarasi, yoki bo‘lajak ishlarga ruhiy quvvat va ma’nan kuch beruvchi  maskan ham aynan shu muqaddas dargoh hisoblanadi.

Teatr sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. Tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir.

Joriy yilning 25-mart sanasida "TIQXMMI"-MTU "Gidromelioratsiya" fakultetining 1-kurs faol talabalari Oʻzbekiston davlat satira teatriga tashrif buyurishdi.Teatrda Maxmudxo‘ja Bexbudiy qalamiga mansub bo‘lgan  "Padarkush"spektaklini tomosha qilishdi. Talabalar bu spektaklni ko‘rib,  mazza qilib madaniy hordiq olishdi.

      “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutorlari axboroti

       Universitet matbuot xizmati