TIQXMMI yangiliklari

img
23.01.2024

“Teatr-ibrat maktabi”

2024 yil 22-yanvar kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti bir guruh talaba yoshlari fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, tyutorlar G.Shodiyeva va D.Egamovalar birgalikda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatrida namoyish etilgan “Qaychi qudalar” nomli musiqiy komediya spektakli tomoshasiga borishdi.

Teatr tomoshasi talabalarda katta qiziqish va aktyorlarning mohoratli ijrolari maroqli hordiq olishlari hamda teatr san’atiga qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi. Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishganliklaridan mamnunligini bildirishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

 Universitet matbuot xizmati