TIQXMMI yangiliklari

img
10.03.2023

Tashrif taassurotlari

Ulug‘larning hikmatlari zamon, makon tanlamaydi. Qahraton qishni ham, yozning saratonini ham pisanda qilmaydigan ma'rifat maskanidagi haykallar poyida ma'naviyat sarchashmasi bor. Ana shunday siymolardan biri O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripovdir. 2023 yil 9 mart kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekan o‘rinbosari A.Borotov, “Muhandislik tizimlarini boshqarish” kafedrasi mudiri, professor A.Igamberdiyev va bir qator professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalari "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog‘ida Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Xudayqulova Farog‘at  Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning haykali atrofida  shoir tomonidan yozilgan ko‘plab kitoblari haqida ma’lumot berdilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati