TIQXMMI yangiliklari

img
13.11.2023

Tashqi savdo amaliyotlari     

        "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"  Milliy tadqiqot universitetining Iqtisodiyot fakultetida 2023 yilning 11 noyabrida “Tashqi savda amaliyotlari” mavzusida ATB Turonbankning navbatdagi semirar-treningi bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda asosiy ma’ruzasi ATB Turoonbank “Operatsion departament” direktorining o‘rinbosari  Aripov Azizbek bo‘ldi. Har bir mamlakat taraqqiyoti ustun jihatdan uning xalqaro aloqalarining rivojlanganligi, eksport import operatsiyalarining amalga oshirilishi bilan ham bog‘liqdir. Dunyoning hech bir mamlakati o‘z aholisi va iqtisodiyoti uchun zarar narsalarni o‘zi yarata (ishlab chiqara) olmaydi. Ehtiyojlarni to‘laroq qonddirish uchun nimalarnidir sotadi va nimalarnidir sotib olishga majbur.

        Bu esa o‘z navbatida har bir iqtisodiyotda dunyo bozori tan oladigan, konvertatsiya qilinadigan valyutalarni bo‘lishini talab qiladi. Eksport va import operatsiyalarining hisob kitoblarini amalga oshirish banklar va ularning faoliyati orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda iqtisodiyotda aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga juda ko‘plab pul o‘tkazmalari ham bank amaliyoti bilan bog‘liq. Bu operatsiyalarni amalga oshirishning qonun, qoidalari, mexanizmlari to‘g‘risida qiliqarli ma’lumotlar berildi. Semirar-trening ishtirokchilari o‘z savollarini tegishli javoblar olishdi va bu seminar juda foydali va qiziqardi o‘tdi.