TIQXMMI yangiliklari

img
02.06.2024

Tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi

Ma'rifatni mayoq, ma'naviyatni chiroq deb bilganlar mafkurani qudratli yaroq ekanini bilishadi. Davlatimiz rahbarining ma'naviyatga bergan ilk ta'riflari shunday edi. "Ma'naviyat - eng ta'sirchan qudratli qurolimiz." 

Shunday ekan, uning ta'sirchan mexanizmi targ‘ibot ishlarining sifatiga bog‘liqdir. Bu esa natijadorlik demakdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsialar vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ma'rifat ulashib" loyihasining ushbu o‘quv yili yakunidagi hisobot dasturi bo‘lib o‘tdi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirni Uyushma raisi Sirojiddin Sayyid boshqarib bordi. Unda Prezident devonining sho‘ba mudiri Abduxalil Mavrulov, vazir o‘rinbosari Shohruh Doliyevlsr so‘zga chiqishdi. Loyihaning ahamiyati va uning tashkil etilishi ma'naviyatning targ'iboti borasidagi samarali mexanizm ekanligini ta'kidlash asnosida vazirlik tizimidagi  oliy ta'lim muassasalari prorektorlari Kengashining raisi, "TIQXMMI" MTU  prorektori Ro‘zimurat Kungratovich Choriyevning chiqishi barchani to‘lqinlantirdi. U yangi o‘quv yilida ushbu dasturni yanada mazmunan boyib, mukammallashishiga ishonch bildirdi.

Tadbirdan so‘ng O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolarining eng faol targ‘ibotchilari TASHAKKURNOMA va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Ular orasida universitetimiz matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozovning ham borligi jamoamizni g‘ururlantirmasdan qolmaydi. Muborak bo‘lsin, ustoz!

Universitet matbuot xizmati