TIQXMMI yangiliklari

img
10.04.2023

Taraz davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Taraz davlat universiteti rektori Bayjumanov M.J. boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga kelishdi. Uchrashuv oldidan rektorat binosi, kichiklashtirilgan maketi va Suvdan resurslaridan integral boshqarish ilmiy-o‘quv laboratoriyasi bilan tanishishdan boshlashdi.

Uchrashuv kengashlar zalida rasmiy qismi uchun Kengashlar zaliga kelindi. Delegatsiya tarkibida Qozog‘iston ilmiy-tadqiqot instituti direktori - Balgabaev N.N., kordinator Omarova G.E. ishtirok etishdi.

Uchrashuvda universitetimiz rektori, prof. B.S.Mirzaev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor prof. A.Salohiddinov, Irrigatsiya va melioratsiya kafedra mudiri I.Begmatov, "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi mudiri A.Sherov, magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Yangiev hamda universitet matbuot kotibi R. Jumaniyozovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni universitetimiz rektori B.Mirzaev kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarini tanishtirish bilan boshlandi. So‘ngra universitetimiz haqida qisqa videorolik qo‘yib berildi. TarDU rektori o‘z navbatida delegatsiya tarkibini tanishtirib o‘z universiteti haqida video va qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘zaro hamkorlikda bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi. Uchrashuv so‘nggida memorandum va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnomalarni imzolash tadbiri tantanali tarzda amalga oshirildi.

So‘ngra GTQ va GM fakultetining o‘quv laboratoriyalari ko‘zdan kechirildi. Tegishli kafedra mudirlari tomonidan o‘quv rejalari kelishildi. Uchrashuvdan so‘ng o‘zaro esdalik sovg‘alari almashildi.

          Universitet matbuot xizmati