TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Tanlov oldi tashviqoti

Qishloq xo‘jaligi, muhandislik va sug‘orish sohalaridagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va yosh olimlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va sug‘orish jarayonlarida muammolarni hal etish hamda takomillashtirishda yoshlarning innovatsion va kreativ yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Islom Taraqqiyot Banki hamkorligida “Smart Agriculture” tanlovini o‘tkazmoqda.

Ushbu tanlov 2 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

  1. “Smart Agriculture” - Qishloq xo‘jaligini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion loyiha
  2. “Smart Irrigation” - Suv xo'jaligini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion loyiha

Joriy yil 28-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tanlov tashkilotchilari tomonidan tanlov oldi tashviqot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda universitetning iqtidorli talabalari, magistrantlar va yosh olimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi vakillari tanlov hususida batafsil ma’lumotlar berdi. Tadbir intraktiv, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi va tadbirning o‘zida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga bir qancha savollar berildi hamda yakunda tadbirda faol ishtirok etganlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Hurmatli iqtidorli talabalar, magistarntlar va yosh olimlar Sizlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.  Tanlov haqida to‘liq ma’lumot olish uchun quyidagi linkga kiring. Yosh qishloq xo'jaligi va suv xo'jaligi muhandislari orasida tanlov e'lon qilamiz | United Nations Development Programme (undp.org)

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy bo‘limi axboroti