TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2023

Taʼlim berishning yangi zamonaviy usuli

Ikki diplomlik taʼlim dasturi doirasida “Korkit Аta” nomidagi Qizilorda Davlat Universiteti va “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetilari o‘rtasidagi hamkorlik shartnomalar asosan 28 fevralda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassislar: taʼlim dasturlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, fizika-matematika fanlari nomzodi Muxambetjan Аysulu, “Suv xo‘jaligi va yer resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi Umbetova Sholpan Mыrzabekovna va “Energetika sanoati, texnosfera xavfsizligi va ekologiya” kafedrasi mudiri Sadikova Gulnar Kudaybergenovna bilan tajriba almashilindi.

Tajriba almaish jarayonida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” taʼlim yo‘nalishining bakalavr talbalarini taʼlim olish tizimini shakllantirishda fanlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘zaro muvofiqligini kelishib olindi. Hamda dars mashg‘ulotlarini yil davomida semestrlar bo‘yicha olib borilishi, hamda kurslar bo‘yicha o‘qish muddatlari to‘g‘risida kelishib olindi. Mehmonlarga “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tarixi va hozirgi kundagi professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda yaratilgan o‘quv-uslubiy ishlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, kafedraning ilmiy salohiyati bo‘yicha suhbat olib borildi.

       Universitet matbuot xizmati