TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Talabalik oltinga teng davr

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova va unga biriktirilgan 1-bosqich talabalari talabalik onlari maroqli va mazmunli qilib o`tkazish, bir-biriga bo`lgan mehr oqibatini yanada oshirish, talabalik oltin davri ekanligini yanada ko`proq his qildirish maqsadida Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan So`qoq qishlog`ining to`g`li hududlariga tashrif buyurdilar.

Talaba yoshlarning  tog‘li maskandagi o`tgan kuni ajoyib xotiralarga boy bo`ldi. Talaba yoshlar  tashkilotchiligi uchun ustoziga o’z minnatdorchiligini bildirishdi kelgusi yillardagi o`qish davri mobaynida dam olish maskanlariga ko‘p bora borish rejalashtirildi. Barcha talabalar hursandchilik va o`yin-kulgu bilan uylariga qaytishdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova  axboroti

Universitet matbuot xizmati