TIQXMMI yangiliklari

img
10.01.2024

Talabalar yotoqxonasi qizlari bilan uchrashuv

Joriy yilning 9- yanvarida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetining  3-Talabalar yotoqxonasida yashayotgan talaba-qizlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda  "Iqtisodiyot" fakultet tyutori Gulbachor Shodiyeva  yotoqxonaning ichki tartib qoidalariga to‘liq amal qilishlari lozimligini aytib o’tishdi. O’quv yili  davomida o'zlari yashaydigan xona va qavat navbatchilari belgilangan vazifalarini o'z vaqtida  va tartibli bajarib borishi lozimligi ta'kidlab  o‘tildi. Elektr va  gaz jihozlaridan belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish haqida ham bir qator tavsiyalar berishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati