TIQXMMI yangiliklari

img
16.01.2023

Talabalar yetib kelishdi

Qishning qahratoni, yozning saratoni ham aslida, tabiat ne'mati. Havo harorati bir muncha tushib, sovuq bo‘lgani bois talabalarning qishki ta'tili ham biroz muddatga cho‘zilgandi. Ta'lim va tarbiyada tanaffus bo‘lmasligini anglagan talabalar allaqachon poytaxtga yetib kelib o‘qish tadorikini ko‘ra boshlashdi. Universitetimiz rektori Bahodir Mirzayevning e'tirof etishlricha, TTJ larimizda yashovchi 1800 talabadan 1200 tasi allaqachon yakshanba kuni soat 18.00.ga qadar  yetib kelishdi. Dars mashg‘ulotlari boshlangunga qadar qolganlari ham yetib kelishiga ishonchimiz komil.

"Biz universitetni, ustozlarni sog‘indik. o‘qishning boshlanishi haqidagi xabar bizni xushnud etdi," - deydi GTQ fakulteti 111 guruh talabasi O‘lmasov Omon. Yotoqxonalarda qizg‘in jarayon. GTQ fakulteti yotoqxona murabbiyi Asrorova Maxfuza ish faoliyati davomida talabalarni joylashtirish va qishki mavsumda qanaqa harakatlanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. 2 - TTJ bo‘yicha barcha talabalarimiz deyarlik kelib bo‘ldi, hisobi. QXM, GIM va GTQ talaba qizlari ham darsga tayyorligini samimiyat bilan bildirishdi.

Yotoqxona komendantlari ham faol. Rustamov Atham o‘z nazoratida bo‘lgan yotoqxonaga talabalarni kutib olish, joylashtirish va amaliy yordam berish bilan band bo‘ldi. 4-yotoqxona  komendanti Yo‘ldoshev To‘rabek, shuningdek, Quvondiqov Zohid ham ana shunday yumush bilan band. Ular xonalarning issiq yoki sovqligini nazorat qilishdi. Dushanba kuni a'lo kayfiyat bilan talabalarimiz o‘quv mashg‘ulotlariga tayyor bo‘lishdi.

     Universitet matbuot xizmati