TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2024

Talabalar yashash tarzi nazoratda

Universitet rahbariyatining talabalar turar joyiga tashriflari boyicha reja grafik asosida joriy yil 12 fevral kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxulloyev boshchiligida fakultet jamoasining TTJ ga tashrifi amalga oshirildi. Fakultetga qarashli 4-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari xonalar kesimida o`rganildi va Tarbiyachi-pedagog hamda “Qalqon” guruhi tomonidan fakultet talabalari bilan olib borilayotgan ishlar ko`rib chiqildi. 

Tashrif davomida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra  suhbatida talabalar turar joyidagi ichki tartib qoidalar, odob-axloq kodeksi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari, xona tozaligi, ozodaligi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari, talabalar bir-birlari bilan dos’tona aloqada bo’lishlari,  elektr  uskunalaridan to’g’ri foydalanishlari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilib  hamda kerakli maslahatlar berildi.

Yoshlar bilan ishlash  bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev

Universitet matbuot xizmati