TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Talabalar turar joyiga tashrif

Joriy yilning 7-fevral kuni 2-talabalar turar joyiga “TIQXMMI” MTU “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov, dekan o‘rinbosari A.Borotov, tyutor J.Sa’dullayevlar tashrif buyurib, talaba-yigitlarni ma’naviyat xonasida jamlab davra suhbati o‘tkazishdi. Bunda fakultet dekani Q.Shavazov har bir xona va oshxonalarni har doim toza-ozoda tutishi, bo‘sh vaqtlardan samarali foydalanish, ya’ni kun tartibi tuzib shunga amal qilishi, fanlardan oraliq va yakuniy  nazoratlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra dekan o‘rinbosari so‘zga chiqib bugungi kunda talabalarga shunday sharoit yaratib berganliklarini va buni qadriga yetib kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib chiqishlarini aytib o‘tdilar. Davra suhbati davomida fakultet dekani Q.Shavazov, dekan o‘rinbosari A.Borotov, tyutor J.Sa’dullayevlar talabalarning muammosini o‘rganish maqsadida talabalar bilan individual suhbat uyushtirishtdi talabalar tomonidan berilgan savol va takliflar tinglanib, berilgan barcha takliflar qabul qilindi va savollarga javob berildi.    

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati