TIQXMMI yangiliklari

img
11.09.2023

Talabalar turar joyiga tashrif

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutorlari G. Axmedjanova, D. Axrarovalar joriy yilning 8 sentabr sanasida 4 – Talabalar  turar joyida 1  bosqich talabalar-qizlariga talabalar turar joyining, hamda universitetning ichki tartib qoidalari, xonalarning ozodaligi, sanitariya-gigiyena qoidalari, kiyinish madaniyati haqida tushuntirish ishlari olib bordilar.

Talabalar turar joyidagi tartib intizomga qatʼiy rioya qilishlari, universitetning “Odob-axloq kodeksi”ning 4 -bob 11 - moddasida keltirilgan kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya etishlari haqida aytib o‘tildi. Talaba- qizlarimiz tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollar berildi va kerakli maʼlumotlar olindi. 

    

 

Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori

G.Z.Axmedjanova axboroti

                                             Universitet matbuot xizmati