TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2024

Talabalar turar joyida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

2024-yil 7-fevral kuni  “Energetika” fakultetiga qarashli  3-talabalar turar joyida  universitet rektorining 06.02.2024 yil bilan tasdiqlangan talabalar turar joyiga tashrif grafigi bo‘yicha dekan A.J. Isakov boshchiligida kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad TTJda yashovchi talabalar bilan uchrashuv, ularning holidan xabar olish va muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish.

TTJ da yashovchi talabalarning yashash xonalaridagi mavjud kamchiliklar dekan va kafedra mudirlari bilan birgalikda xonabay kesimida o‘rganib chiqilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif so‘ngida qavat sardorlari bilan yeg‘ilish o‘tkazildi va TTJ da yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Dekan o‘rinbosari I.Buxorov ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati